MYu Ronalduni saqlab qolishi kerak!
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin "qizil iblislar" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. So‘nggi vaqtlarda matbuotda Ronalduning mavsum oxirida "Old Trafford"ni tark etishi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda.
"Agar top-hujumchingiz 37 yoshda bo‘lsa ham, siz uni olib qolishingiz kerak. Ayniqsa, jamoa natijalari unga bog‘liq bo‘lsa. Men aynan shunday qilgan bo‘lardi.
Ronaldu ko‘plab gollar urmoqda va MYuda o‘ynash istagi borligini ko‘rsatyapti. Shu bilan birga, klubda sog‘lom raqobat bo‘lishi uchun Krishtianuning yoniga yangi hujumchilarni ham xarid qilishi kerak", - dedi Roy.

Fikrlar