MYu tez orada hujumchi transferini e’lon qiladi

  • 30 iyul, 2023, 01:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylund "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Insayder Janluka Di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, klub vakillarining juma kungi yig‘ilishidan so‘ng 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuv juda tez orada amalga oshishi mumkin. 

Daniyalikning transfer summasi taxminan 70 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsga ko‘ra, kelishuv kelasi hafta boshida yopilishi mumkin. Muzokaralar tufayli hujumchi "Bornmut" bilan bugungi o‘rtoqlik o‘yinida "Atalanta" zaxira o‘rindig‘ida qoldi.

Xoylund o‘tgan mavsum A Seriyada 32 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!