MYu xitoyliklarni ko‘ndira olmayapti
“Manchester Yunayted” klubi “Shanxay Shenxua”dan ijaraga olgan hujumchisi Odiona Igaloning ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
Daily Mail nashriga ko‘ra, Xitoy klubi 30 yoshli nigeriyalik futbolchi APLda mavsum yakunlangunicha, ya’ni 2-3 oy MYuda ushlanib qolishini xohlamayapti.
Aytish lozimki, Igaloning ijara muddati 31 may kuni nihoyasiga etadi va shu bois shanxayliklar uni Xitoy Superligasi boshlangunicha qaytishini xohlamoqda. Futbolchining o‘zida esa Angliyada qolish istagi bor.
Eslatib o‘tamiz, MYu Igaloni yanvar oyida 3 mln funt evaziga yarim mavsumga ijaraga olgan edi. Igaloning maoshi esa haftasiga 170 ming funtni tashkil etadi.
Fikrlar