
MYu yulduziga 2 super klubdan taklif bor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, unga sobiq jamoasi "Yuventus"dan qiziqish bor. Turinliklar frantsiyalik futbolchi uchun 7 million evrodan ortiq maosh ko‘zda tutilgan 4 yillik shartnoma taklif etmoqda. Bugun Pogbaning vakillari va "Yuve" rahbariyati o‘rtasida ehtimoliy transfer yuzasidan birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, uning uchun "Pari Sen-Jermen" ham kurashishi taxmin qilinyapti. "Keksa senora"dan farqli o‘laroq, parijliklar uning barcha moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga tayyor.
29 yoshli yarim himoyachining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar