
MYuda sardor o‘zgaradimi? Rangnik javob berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Maguayrga nisbatan bo‘layotgan tanqidlarga qaramay, undan sardorlik bog‘ichini olmasligini aytdi.
Menimcha, u jarohatidan qaytganidan so‘ng juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Xarri "Vest Xem"ga qarshi juda yaxshi harakat qildi.
To‘g‘ri, "Sautgempton" va "Byornli"ga qarshi o‘yinda biroz ishonchsiz harakatlar kuzatildi. Biroq u baribir o‘z maqomini saqlab qoladi. Sardorni o‘zgartirish uchun biror sabab ko‘rmayapman", - dedi Rangnik.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli himoyachi joriy mavsum umumiy 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar