
MYuda yangi murabbiyga muammo tug‘diradigan to‘rt futbolchi bor
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Roy Kin jamoani qabul qilib olayotgan Rafl Rangnik ayrim muammolarga duch kelishini aytdi.
Mutaxassislar Rangnik kelishi bilan jamoani o‘z uslubiga moslashtirishni boshlab yuborishini ta’kidlamoqda. Xususan, Roy Kin manchesterliklar to‘psiz yugurishga ham majbur bo‘ladi.
- Futbolda to‘p bilan harakat qilish barobarida usiz yugurish ham muhim. Agar bunday bo‘lmaganda, men hali ham maydonda bo‘lardim. Yangi murabbiy qisqa fursat ichida Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Markus Reshford va Pol Pogbani to‘psiz yugurishga majbur qilishi lozim. Hozir ular jamoa to‘pni yo‘qotganida, yugurishdan to‘xtab qolmoqda, - dedi Roy Kin.
Fikrlar