MYuni Rangnikdan Pochettino emas, boshqa mutaxassis qabul qilib oladi

  • 12 dekabr, 2021, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani ulkan g‘alabalar sari etaklay oladigan murabbiy qidirmoqda. Hozircha, jamoani Ralf Rangnik mavsum oxiriga qadar boshqaradigan bo‘lgan. Keyinchalik klub mutasaddilari unga boshqa lavozim bermoqchi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis agar bosh murabbiy sifatida qolmasa, yozda premer-liganing boshqa klubida ishlashga ham tayyorligini bildirdi.

Goal nashri “Manchester Yunayted”ni yozda qaysi mutaxassis qabul qilib olishini aniqlaganini yozmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, klub xo‘jayinlari jamoani boshqarishni “Ayaks”ni muvaffaqiyatlarga ilhomlantirib kelayotgan Erik ten Xagga topshirmoqchi.

Avvalroq, yozda PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino olib kelinishi aytilgandi.

Manchesterliklar Erik ten Xag qo‘lostida “Ayaks” chempionlar ligasi guruh bosqichida oltita bahsning barchasida g‘alaba qozonganidan hayratga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!