MYuning sobiq futbolchisi: Klopp - yangi Fergyuson

  • 06.01.2020 19:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” klubi sobiq futbolchisi Dion Dablin mankuanliklarning sobiq ustozi Aleks Fergyuson va “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘rtasida qanday o‘xshashlik borligini aytdi.

“Yurgen Klopp yangi ser Aleks Fergyusonga juda o‘xshaydi. U klub akademiyasidagi bolalar ham xuddi asosiy jamoa kabi o‘ynashlarini kuzatib boradi.

Ayni damda “Liverpul”ni to‘xtatib bo‘lmaydigandek ko‘rinmoqda. Eng muhimi Yurgen Klopp o‘z jamoasini boshqa jamoalarning kuchsizlanishi hisobiga kuchaytirmadi”, - deydi Dablin.

Ma’lumot uchun, Dablin 1992-1994 yillarda MYu sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!