Nacho "Real" bilan shartnomani uzaytiradi

  • 31.03.2023 15:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Real" futbolchisi Nacho Fernandesning amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Himoyachi yangi bitim borasida klub bilan og‘zaki kelishib oldi, deya xabar bermoqda "El Debate" nashri. 

Nacho 2012 yildan beri "qaymoqranglilar" safida to‘p tepib keladi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini Madrid jamoasida yakunlashni istamoqda. 

31 yoshli himoyachi Karlo Anchelotti qo‘l ostida zaxira o‘yinchisiga aylanib qolmadi. Fernandes ushbu mavsum "Real" tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!