
Naomi Osaka barchasini to‘g‘ri bajardi
AQShning Nyu-York shahrida tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi "US Open" turnirida yaponiyalik Naomi Osaka amerikalik 15 yoshli Kori Goffni taslim etdi.
Bosh sovrinini munosib himoya qilayotgan Naomi ushbu uchrashuvda raqibasini 6:3, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muyassar bo‘ldi.
Shu tariqa 21 yoshli Naomi Ameria ochiq chempionatining 1/8 finalda shveytsariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar