
“Napoli” Osimxenga narx belgiladi
“Napoli” futbolchisi Viktor Osimxen yozda klubni tark etishi mumkin. Hujumchi ayni damda bor e’tiborini A Seriyani yutishga qaratgan. Shu sababli, u qishda ketmaydi.
24 yoshli futbolchini “Arsenal”, “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” klublari kuzatib bormoqda. Neapilliklar ushbu transferdan 140 million evro ishlab olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Osimxen ushbu mavsum barcha chempionatarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar