
"Napoli" Politano bilan shartnomani uzaytirdi
"Napoli" rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi Matteo Politano klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Unga ko‘ra, italiyalik futbolchining neapolliklar bilan yangi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Poliitano "Roma" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, professional faoliyatini aynan Rim klubida boshlagan. Shuningdek, "Peskara" , "Sassuolo", "Inter" kabi A Seriya klublarida ham to‘p tepgan. 2020 yilda futbolchi ijara asosida "Inter"dan "Napoli"ga safiga kelib qo‘shilgan va 1 mavsumdan so‘ng neapolliklar uni sotib olgan.
Ma’lumot uchun, Politano o‘tgan mavsumda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar