"Nasaf" OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 04.12.2021 19:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Samarqanddagi "Dinamo" stadionida "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi O‘zbekiston kubogi finali o‘tkazildi.

Hal qiluvchi bahsda qarshiliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kubok sohibiga aylandi. Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari o‘z tarixida ikkinchi bor kubokni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Nasaf" OChL pley-offiga yo‘l olmoqda. O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" esa OChL guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!