Navas Angliyaga yo‘l olishi mumkin

  • 25.01.2023 18:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

PSJ darvozaboni Keylor Navas "Nottingem Forest"ga o‘tishi mumkin.

Angliya klubi jarohat olgan Din Xendersonning o‘rniga posbon qidirmoqda. Variantlar orasida 37 yoshli futbolchi ham mavjud, deya xabar berdi "Daily Mail" nashri. 

Navas Donnarumma kelganidan keyin asosiy darvozabon rolidan tushib qoldi va takliflarni eshitishi mumkin. Unga "An-Nasr"dan ham qiziqish borligi haqida mish-mishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!