Navas yozda "Real"dan ketadi

  • 13 may, 2019, 21:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati bosh murabbiy Zinedin Zidandan kosta-rikalik posbonga u jamoaning yangi mavsum rejalariga kirmasligi aytishni so‘rashgan. Ta’kidlash kerakki, frantsiyalik mutaxassis uni jamoada olib qolishni xohlayotgan edi.

Shu tariqa La Liganing 38-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Betis” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Navas uchun madridliklar safidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!