"Navbahor" - "Bunyodkor" va “Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvi qachon efirga uzatiladi?

  • 07.04.2019 17:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Superliganing 3-turidan o‘ri olgan “Navbahor” va “Bunyodkor” (2:3) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Afsuski, Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lgan o‘yin jonli efirda namoyish etilmadi. SPORTS.uz muhbiri Shahzodbek Xolboev bergan ma’lumotlarga ko‘ra futbol ishqibozlari ushbu bahsni yozib olingan holda bugun bo‘lib o‘tadigan “So‘g‘diyona” – “Surxon” (19:15da boshlanadi) uchrashuvidan so‘ng “Sport” telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin.

Ushbu bahs yakunlangach esa bugun bo‘lib o‘tadigan “Buxoro” – “Qizilqum” o‘yini yozib olingan holda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aliyev Shahboz
07/04/2019 18:08
Keyingi yilga yoki 4-5 oydan keyin uzatasila efirga. Buncha kech uzatishni nima dib tushinish mumkin. Toshkentdagi oʼyinlar vaqtida uzatiladi, lekin viloyat oʼyinlari haliyam yozib olinib kimga qizigʼi bor yozib olingan oʼyin. Viloyat klublariga otni kallasidek jarima solasilar lekin bitta oʼyinni jonli efirga uzatolmesilar. Jarimadan olingan pullarga oʼyinni jonli olib berishni yoʼlga qoʼyila, qaysi stadionda boʼlishidan qatʼiy nazar

Akbar Juraev
07/04/2019 17:38
Илтимос ютубдаги каналингларда Навбахор Бунёдкорни тулик куйиб берсанглар) Маза килиб чатда ёзишиб курсак)