
"Navbahor" - "Buxoro" o‘yini uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?
Superliga 12-turi doirasida "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida Buxoroning “Buxoro” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinga chiqarilgan chiptalar sotuvda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislar 2 va 21-sektorlar uchun 30 ming, 3,10, 11, 12,13 hamda 20-sektorlar uchun 20 ming va 4,5, 6, 7, 8 ,9, 14, 15, 16, 17, 18 hamda 19-sektorlar uchun 15 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.
Chiptalar “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotilmoqda. Shuningdek, muxlislar chiptalarni “Sardoba” bozori oldidagi “Megapolis” savdo majmuasi, “G‘ishtko‘prik” dahasining soy bo‘yidagi savdo shahobchalari, shuningdek, “Do‘stlik” buyum bozoridan ham xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Buxoro” o‘yini 23 iyun kuni soat 19:30da start oladi.
Fikrlar