"Navbahor" Antaliyadagi so‘nggi o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

  • 6 fevral, 2024, 17:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan "Navbahor" jamoasi bugun mazkur yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat bahsini Rossiyaning “Kuban” (Krasnodar) jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: Aleksandr Lobanov, Filip Ivanovich, Dostonbek Abdulhaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Siyavash Haqnazari, Yovan Jokich, Asadbek Sobirjonov, Toma Tabatadze, Ruslanbek Jiyanov, Jamshid Boltaboev, Jamshid Iskanderov.

Ushbu bellashuvda krasnodarliklar uchrashuvning 1-bo‘limida urilgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Lochinlar” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bugun yakunlashdi va ertaga yurtimizga qaytishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!