“Navbahor” "Buxoro"ga qarshi Namangandagi 27 ta o‘yinning 20 tasida g‘alaba qozongan, “Buxoro” esa 4 marta

  • 20.06.2019 18:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 12-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi. "Navbahor" klubi matbuot xizmati ushbu bellashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 54 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 54 bahsdan 30 tasida namanganliklar g‘olib chiqishgan, 16 uchrashuvda buxoroliklar g‘alaba qozonishgan, 8 o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.

"Navbahor" shu kunga qadar o‘zaro o‘yinlarda 100ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 61 marta to‘p olib chiqqan. Mazkur jamoalarning o‘zaro bahslarida namanganliklar 98 ochkoni, “Buxoro” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritgan.

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda "lochinlar"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 27 bahsning 20 tasida mezbonlar, 4 tasida mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!