Navbahor ham kumush medalni qo‘lga kiritdi

  • 17.11.2019 13:20
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining qizlar o‘rtasidagi final bahsida Navbahor Hamidova ishtirok etdi.

Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan Navbahor Hamidova hindistonlik Sanamacha Chanuga qarshi bahs olib bordi va  kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin, 5 kumush va 7 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!