"Navbahor" ham yozgi yig‘inini boshladi. Jamoani kim shug‘ullantiryapti?
“Navbahor” a’zolari “Buxoro”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng (5 iyul), ta’tilga chiqishgandi. “Lochinlar” bugundan ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Bugungi “Markaziy” stadioni maydonida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotni murabbiylar – Dmitriy An va Sherzod Jo‘raevlar olib borishdi.
Ularga mashg‘ulotlar jarayonida klubning texnik direktori Mustafo Bayramov hamda darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jaevlar yordamlashishdi.
Bugungi mashg‘ulotda asosan mahalliy va yosh futbolchilar ishtirok etishdi.
Shuningdek, “Olimpik”ka ijaraga berilgan Asadbek Jo‘raboev hamda Davronbek Olimjonovlarning ham jamoa tarkibiga qaytib, bugungi mashg‘ulotda qatnashishganini ta’kidlash joiz.
Aytish lozimki, “Navbahor”ni hech qaysi futbolchi tark etmadi va qolgan o‘yinchilarning “lochinlar” ixtiyoriga ertaga hamda yakshanba kuni etib kelishlari kutilmoqda.
Ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik 14 iyuldan boshlab, to‘liq tarkibda olib boriladi, - de xabar bermoqda“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Babayandan keyin “Navbahor”ni vaqtincha boshqargan Grigoriy Kolosovskiy bugun “Metallurg” bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi.

Fikrlar