"Navbahor" lageridan daraklar
Xabaringiz bor, yangi yil munosabati bilan “Navbahor” a’zolari qisqa muddatli ta’tilga chiqishgandi.
Jamoa a’zolari bugundan mamlakatimiz poytaxti Toshkentda yig‘ilib, Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida “Jar” stadioni maydonida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Lochinlar” ertaga ham mazkur o‘yingohda mashg‘ulot o‘tkazib, so‘ngra tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va 6 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketadi.
“Lochinlar”ning Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida tarkibga yangi futbolchilarning qo‘shilishi, shuningdek, bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Fikrlar