"Navbahor" navbatdagi bahsda Bolgariya klubidan ustun keldi

  • 28 yanvar, 2023, 21:03
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Navbahor" jamoasi Bolgariyaning “Septemvri” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda "lochinlar" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Namanganliklarning gollariga Asad Sobirjonov, Shohruz Norxonov, Jamshid Iskanderov va Ibrohim Yo‘ldoshev mualliflik qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, bundan oldingi o‘yinda "Navbahor" Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasini 1:0 hisobida taslim etgandi. Bellashuvda yagona gol Shohruz Norxonov nomiga qayd etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Odiljon Azizov
28/01/2023 21:39
Gap yo'q Navbahor