
"Navbahor" safarda mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bahs taqdirini Murod Bobojonovning 52-daqiqada kiritgan yagona goli hal etib berdi.
Shunday qilib, 29 ochko to‘plagan "lochinlar" 7-o‘rinda joylashgan. "Surxon" hisobida 17 ochko bor.
Fikrlar