"Navbahor" Turkiyada yig‘in o‘tkazishni rejalashtirmoqda

  • 27 dekabr, 2023, 13:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Navbahor" Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Shu bois, “lochinlar” xorij yig‘inini ham ertaroq boshlashni rejalashtirishgan.
Jamoa a’zolari 2024 yilning 3 yanvar kuni Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 4 yoki 5 yanvar kuni Turkiyaga jo‘nab ketishni rejalashtirishgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi va mazkur yig‘in davomida bir qator nazorat – sinov uchrashuvlari o‘tkazish ham rejadan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!