
"Navbahor" Turopov bilan qancha muddatga shartnoma tuzganini bilasizmi?
Namanganning “Navbahor” jamoasi ayni paytda yozgi transfer oynasi ochilganidan foydalanib transferlar ustida ish olib bormoqda.
Klub birinchilardan bo‘lib, “Lokomotiv”da to‘p surgan yarim himoyachi Diyor Turopovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu o‘yinchi “Navbahor” bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. Jamoa yozgi ta’tildan qaytganidan so‘ng, Diyor ham yangi klubi bilan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Kecha “Navbahor”ni Exsoni Panshanbe tark etgani xususida xabar bergandik. Tez orada klubda transfer ishlari bilan bog‘liq yana boshqa o‘zgarishlar ham yuz berishi ehtimoldan holi emas.
Fikrlar