"Navbahor" yangi mavsum uchun sport kiyimlarini qabul qilib oldi (Foto)

  • 19.02.2021 12:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” jamoasi o‘tgan yili PUMA brendi ostidagi liboslarda maydonga tushgandi. “Lochinlar” yangi mavsumda o‘z imijlarini o‘zgartirishga qaror qilishdi. Klub rahbariyati Germaniyaning sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaruvchi jahonga mashhur JAKO kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi hamda jamoa yangi mavsumda mazkur kompaniya brendi ostidagi liboslarda maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Navbahor” PFK hamda JAKO kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvda “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Otabek Samatov hamda JAKO kompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha rasmiy vakili Rasulbek Bekdurdiev ishtirok etdilar.

JAKO_kompaniyasi_va_Otabek_Samatov_rasmi_-_2

“Navbahor” jamoasi JAKO kompaniyasi tomonidan yangi mavsum uchun sport kiyimlari va sport anjomlarini qabul qilib oldi.

Yangi_mavsum_liboslari_-_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!