"Navbahor"da o‘ynagan o‘zbek futbolchisi Evropa klubiga o‘tdi

  • 17.06.2022 23:54
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarus Oliy ligasi o‘rtamiyonalaridan biri hisoblangan "Belshina" klubi o‘zbekistonlik hujumchi transferini e’lon qildi.

Bobruyskliklar 26 yoshli Vladislav Nuriev bilan shartnoma imzoladi. Legionerimiz ichki birinchilikning 11-turi doirasidagi "Energetik-BGU" jamoasiga qarshi bellashuvda debyut qildi.

Nuriev bungacha "Obod", "Navbahor" va "Bunyodkor" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi, Hindiston chempionatlarida ham to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bu men
18/06/2022 08:00
Soni ko'payaversin kelajakda foydasi tegib qolar
&
Tohirbek
18/06/2022 00:00
uzimizcha past nazar bilan qaremiz ana brazillar bizga kelib xam uynayapdiyu or qilmasdan
&
Tohirbek
17/06/2022 23:59
omadini bersin qayerda bulsayam