"Navruz" xalqaro turnirida O‘zbekiston vakillari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

  • 30.03.2026 16:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Joriy yilning 23–26 mart kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida shaxmat bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida “Navruz” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada 6 ta davlatdan jami 14 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan o‘gil bolalar va qizlar ishtirok etdi. Turnir rapid tizimida tashkil etildi.

O‘zbekiston sharafini o‘gil bolalar o‘rtasida Mamatsalaev Shohjahon hamda qizlar o‘rtasida Jumaeva Malika munosib himoya qildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Jumaeva Malika va Mamatsalaev Shohjahon yuqori natija qayd etib, 2-o‘rinni egalladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!