"Neftchi" Anvar G‘ofurovning ketganini tasdiqladi

  • 03.07.2022 10:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Kuni kecha saytimiz orqali Anvar G‘ofurovga “Metallurg” qiziqish bildirayotgani sababli “Neftchi”ni tark etishi mumkinligi borasida xabar bergandik ("Metallurg" "Neftchi" futbolchisiga qiziqib qoldi).

“Neftchi” matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqlagan holda G‘ofurovning jamoadan ketganini rasman e’lon qildi. Jumladan, xabarda shunday deyiladi:

“Hozirgi kungacha "Neftchi"da faoliyat yuritib kelgan tajribali himoyachi Anvarjon G‘ofurov jamoamizni tark etdi. Futbolchi bilan tuzilgan o‘zaro mehnat shartnomasini tomonlar kelishuvi bilan bekor qilish orqali transfer xuquqisiz jamoamiz bilan hayrlashdi.

Anvarjon G‘ofurovga jamoamizga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorchilik bildirib qolib, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz”.

Katta ehtimol bilan G‘ofurov ikkinchi davrani “Metallurg” safida boshlaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!