"Neftchi-W" futbolchilari nega "Sevinch"ga qarshi bahsda maydonga tushmadi?
Bugun ayollar Oliy ligasining 24-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo so‘nggi daqiqalarda Farg‘onada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Neftchi-W" va "Sevinch" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga sabab, "Neftchi-W" jamoasi futbolchilari bir necha oydan beri maosh to‘lanmaganligi sababli maydonga chiqishdan bosh tortishgan. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ushbu o‘yinda "Neftchi-W" jamoasiga texnik mag‘lubiyat qayd etildi.
Hozirda "Navbahor-W" va "So‘g‘diyona-W" jamoalarida ham shunga o‘xshash muammolar mavjud.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu voqeani e’tibordan chetda qoldirmasligini va futbolchilarga ish haqlarining to‘lanishi hamda ayollar futbolida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan masalani qat’iy nazoratga olishini ma’lum qildi.
Fikrlar