
Neymar afsonaning vafot etganini qaysi payt bilgan?
PSJ hujumchisi Neymar urgan golini nima uchun KObi Brayant xotirasiga ba’gishlaganini aytib o‘tdi.
"Tanaffusda, internetga qaradim va u olamdan o‘tgani haqidagi xabarga guvoh bo‘ldim.
Bu butun sport olami uchun cheksiz qayg‘u davri. Faqat basketbol ishqibozlari uchun emas!
Men uni bilardim, golimni uning xotirasiga bag‘ishladim," - dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Kobi Brayant shaxsiy vertolyotida aviahalokatga uchragan va halok bo‘lgan edi.
Fikrlar