Neymar bir imzo bilan juda boyib ketadi

  • 3 iyul, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi Lionel Messini qo‘lga kirita olmaganidan keyin Neymarni nishonga oldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, saudiyaliklar 31 yoshli braziliyalik yulduzga uch yillik shartnoma va jami 600 million evro maosh berishga tayyor.

PSJ hujumchisi yozda boshqa jamoa topishni istagandi. “Barselona” uni ortga qaytarishga tayyor. Biroq, buning uchun Neymar maoshining katta qismidan voz kechishi kerak.

“Al-Hilol” xo‘jayinlari esa unga mo‘may daromad taklif qilmoqda. Neymar bunga rozilik berib, shartnomani imzolasa bas, yanada boyib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!