Neymar "Oltin to‘p"ga qaysi futbolchi eng munosib ekanini aytdi

  • 14.10.2024 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning fikricha, "Real"dagi hamyurti Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni olishi kerak.

“Men “Oltin to‘p”ga nomzodlar orasida Vinisius tarafdoriman. Undan boshqa hech kim bunga munosib emas. U haqiqiy jangchi, faoliyati davomida ko‘p azob chekdi, o‘zidan kutilganlarning barchasini uddaladi, barcha tanqidlarni engib o‘tdi va bugun biz uchun buyuk qahramonga aylandi”, — dedi 32 yoshli braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Unda 2023/2024 yilgi mavsum uchun quyidagi sovrinlar topshiriladi: erkaklar o‘rtasida “Oltin to‘p”, ayollar o‘rtasida “Oltin to‘p”, Kopa Trofi (21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchi), Yashin Trofi (eng yaxshi darvozabon), Gerd Trofi Myuller ( o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari), erkaklar o‘rtasida "Yil klubi", ayollar o‘rtasida "Yil klubi". Bu gal sovrinlar qatoriga yana ikkita yangi nominatsiya qo‘shildi: erkaklar o‘rtasida "Yil murabbiyi" va ayollar o‘rtasida "Yil murabbiyi". Ushbu mukofotlar sohadagi muvaffaqiyat qayd etgan mutaxassislarni e’tirof etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!