Neymar o‘ziga jamoa tanladi, lekin...
PSJ hujumchisi Neymar yozda o‘ziga boshqa jamoa topishi kerakligi haqida xabarlar muntazam tarqatilmoqda.
Braziliyalik yulduzga matbuot va muxlislar tomonidan juda ko‘p bosim bo‘lyapti. Neymar yangi jamoa qidirmoqda. 31 yoshli hujumchi yaqinda agentlari orqali “Barselona”ga qaytish niyati borligini bildirdi.
Avvalroq, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes Neymarning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini, hozir boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish masalasi muhim ekanini ta’kidlagan edi.
PSJ Neymarni 2017 yili aynan “Barselona”dan transfer qilgan. O‘shanda parijliklar Kataloniya klubiga 222 million evro to‘lagan. Bugungi kunda ham bu rekord yangilangani yo‘q.
Fikrlar