Nihoyat, Ibragimovich "Milan"da qolishga rozi bo‘ldi

  • 22.08.2020 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Zlatan Ibragimovich “Milan” bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lgan.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi yangi kelishuvga binoan “rossonerilar”dan yiliga 6 mln evro maosh va qo‘shimcha bonuslar oladi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich “Milan” safida joriy yilning yanvarida “Los-Andjeles Gelaksi”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan yarim mavsum davomida A Seriyada jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Zlatan faoliyati davomida «Barselona», «Inter», «Manchester Yunayted», «Yuventus», PSJ va «Ayaks» kabi klublarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!