Nikita Ribkin rossiyalik ayol bilan turmush qurdi, endi u "Krasnodar" klubida ishlaydi

  • 23.03.2019 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

So‘nggi mavsumni “Andijon” klubida o‘tkazgan va endigina 27 yoshni qarshi olgan iqtidorli darvozabon Nikita Ribkin katta futbol bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha u turmush qurgan. Nikoh Rossiyaning Krasnodar shahrida qayd etilgan.

Ribkinning so‘zlariga ko‘ra u “Krasnodar” klubida ishlash uchun tez orada murabbiylik testlarini topshiradi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq darvozaboni Oleg Belyakov bir necha yilardan buyon “Krasnodar” klubida faoliyat olib bormoqda. U 2013 yilgacha “Bunyodkor” jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlagan edi. Shundan so‘ng aynan Rossiyaga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, Nikita Ribkin faoliyati davomida “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912” va “Andijon” kabi jamoalarda o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!