Nodirbek Abdusattorov: “Bu yerda men autsayderman, chunki reytingim eng past”
FIDE Freestyle Jahon Chempionati oldidan Nodirbek Abdusattorovdan Freestyle Grand Slam turi endi rasmiy Jahon chempionatiga aylangani haqida fikr so‘rashdi.
Nodirbek ochiqchasiga javob berdi:
“Albatta, bu juda katta voqea. Lekin bu yil mukofot jamg‘armasi kamaygani achinarli. Saralash tizimi ham ideal bo‘lmadi — hammasi juda tez tashkil qilindi. Nazarimda, oltita shaxmatchining Grand Slam Tour orqali taklif olgani boshqa shaxmatchilar uchun biroz adolatsiz bo‘ldi. Shunga qaramay, tarkib juda kuchli. Bu yerda har kimning imkoniyati bor.”
Shaxmatchimiz turnirga maxsus maqsad qo‘ymaganini ham ta’kidladi:
“Rostini aytsam, bu musobaqa uchun aniq maqsad qo‘ymadim. Shunchaki o‘yindan zavq olishni xohlayman. Bu yerda men autsayderman, chunki reytingim eng past — hatto 2700 dan ham past. Lekin shaxmatda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar Veyk-an-Zeëda bo‘lgani kabi yaxshi formada bo‘lsam, imkoniyatim bor..”
Shuningdek, Nodirbekdan Veyk-an-Zeë (Tata Steel) va bu turnirdagi kayfiyati o‘rtasidagi farq haqida ham so‘rashdi.
“U turnir men uchun o‘ziga xos. Har safar eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Uni yutish orzuim edi. Bu yerda vaziyat biroz boshqacha, lekin yondashuv bir xil — agar ishlar o‘ngidan ketsa, yaxshi natija qilishim mumkin.”
Chempionlik uchun kurashni davom ettirish uchun — bugungi bahslarda Nodirbek Magnus Karlsenni mag‘lub etishi kerak.
Yarim final bahslari 19:00'da boshlanadi.
Fikrlar