
Nodirbek Abdusattorov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi, Ortiq Nig‘matovda esa aksi
Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.
Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Unga ko‘ra, turnirning 7-turida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Puranik Abhimanyuni taslim etdi. Ortiq Nig‘matov esa Nihal Saringa imkoniyatni boy berdi.
Bundan tashqari, "o‘zbekcha derbi"da Shamsiddin Vohidov Nodirbek Yakubbaevdan ustun keldi.
Fikrlar