Nodirbek Abdusattorov: "Men bu turnirga Magnus Karlsen sabab keldim"
Nodirbek Abdusattorov: "Men bu turnirga Magnus Karlsen sabab keldim"
Shvetsiyaning Malmyo shahrida TePe Sigeman nufuzli yopiq klassik turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning kuchli grossmeysterlari o‘zaro bahs olib boradi.
E’tiborli, mazkur musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etib, ilk turda Ju Jinerni mag‘lub etdi. Abdusattorov g‘alabadan so‘ng intervyu berib, quyidagi fikrlarni bildirdi.
— Nodirbek, har doim musobaqani tezkor g‘alaba bilan boshlash yoqimli. Bugun nima sodir bo‘ldi, deb o‘ylaysan?
"Debyut tanlovi men uchun eng muhim qaror bo‘ldi, deb o‘ylayman. Uning partiyalarini o‘rganganimda, u asosan e4 o‘ynashini va yaxshi debyut repertuariga ega ekanini ko‘rdim. Menimcha, Karo-Kann u uchun biroz kutilmagan qaror bo‘ldi — ehtimol, u c5 yoki e5 ni kutgan. Uning Karo-Kannga qarshi asosiy varianti e5 ekanini payqadim, bu esa qoralarga deyarli har doim Bf5 bilan o‘yin berishini anglatadi. Buni amaliyotda yaxshi qaror deb bildim. Partiya davomida ham qoralarda hech qanday muammo bo‘lmadi. Ayniqsa Rc1, Bb4dan keyin u c3 o‘ynashi kerak edi. Oddiy Be7, c4 va u yerda nazariya bor. U Qe1 o‘ynagandan keyin men almashtim va rokirvakdan so‘ng faqat qoralar o‘yinni davom ettira oladigan holatga keldi."
— Ko‘pchilik uchun qiziq: oqlarda d2da “yomon” fil, senda esa yaxshi, lekin sen uni almashtirishdan mamnunsan. Buni tushuntirib berasanmi?
"Oqlarda maydon ustunligi bor, shuning uchun qoralar uchun imkoniy boricha ko‘proq figura almashtirish foydali. c3 g‘oyasi — qora figuralarni cheklash. Keyin oqalar asta-sekin c4 yoki g4 orqali o‘ynaydi. Bu shunday pozitsiyalar uchun umumiy printsip. Shuning uchun u Qe1 o‘ynaganda men almashtim va rokirvak qildim. Figuralar soni kamaydi, lekin qolgan figuralar uchun maydon ko‘paydi va aniq reja paydo bo‘ldi — c5 o‘ynash. Buni amalga oshirishga erishdim. Keyin u tseytnotga tushib qoldi va Nd4, menimcha, tushunarsiz xatolik bo‘ldi. Balki u Rc8dan keyin Qb3 o‘ynamoqchi bo‘lgan, lekin d4dagi ot osilib qolganini payqamagandi."
— Sen ketma-ket uchta turnirda g‘alaba qozonding: London, Veyk-an-Zee va Praga. Bu yerda ham yaxshi boshlading. Bu formaning siri nimada?
"Yana Grenke ham bor — u fristayl, lekin baribir klassik shaxmat. Men shunchaki barqaror bo‘lishga harakat qilaman. Bu yil Grand Chess Tourda qatnashmayapman, shuning uchun boshqa turnirlarda o‘ynash kerak. Bu yerga esa Magnus sabab keldim. U ishtirok etayotganini eshitganim zahoti kelishga rozi bo‘ldim. Demak, men bu yerdaman — aynan Magnus uchun."
— Qaysi turda o‘ynaysizlar?
"Uchinchi turda."
— Qaysi rangda?
"Qoralar bilan."
— Bu noqulay emasmi?
"Yo‘q, buning ham o‘z afzalliklari bor — menda ortiqcha bosim bo‘lmaydi. Shuning uchun bu ham yaxshi natija bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz."

Fikrlar