Nodirbek Abdusattorov: Menimcha, Nodirbek har safar men bilan o‘ynaganda yanada kuchayib boryapti

  • 15.02.2026 13:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Freestyle Chess bo‘yicha Jahon chempionati yarim finalida Magnus Nodirbek Abdusattorovni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyin norvegiyalik grossmeyster bahs qanday o‘tganini batafsil tushuntirdi.

"Bu juda og‘ir match bo‘ldi. Menimcha, Nodirbek har safar men bilan o‘ynaganda yanada kuchayib boryapti.

Karlsnning aytishicha, dastlabki ikki partiya juda sifatli o‘tgan va mantiqiy ravishda durang bilan tugagan. Ammo hal qiluvchi burilish uchinchi partiyada yuz bergan.

“Men ma’lum bir paytgacha juda yaxshi o‘ynadim, keyin nazoratni yo‘qotdim. U esa ajoyib darajada o‘ynadi.”

Magnus Nodirbekning o‘yin uslubiga ham to‘xtaldi:

U juda ko‘p variant hisoblaydi, juda qat’iyatli, taslim bo‘lmaydigan o‘yinchi. Lekin bir payt bu unga qarshi ishladi. Menda vaqt juda kam edi, ammo men kurashni davom ettirdim.”

Karlsnning fikricha, aynan o‘shanda vaziyat o‘zgargan:

“Unga aslida durang kifoya edi. Bu amalga oshmagach, ichimda: Yaxshi, endi menda imkoniyat bor’, deb o‘yladim. Keyin o‘zimni bosib, variantlarni aniq hisoblab, g‘alabani topdim.”

Magnus finaldagi raqibi haqida ham fikr bildirdi. U Fabiano Karuananing yaim finaldagi o‘yinini yuqori baholadi:

“Finalga chiqqanimdan xursandman. Va albatta, Fabi bilan o‘ynash har doim yoqimli", - dedi norvegiyalik sportchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!