Nomzodlar turniri. Javohir Sindarov kechagi kunning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi
Kiprda boʻlib oʻtayotgan Nomzodlar turnirining 3-tur bahslari ham oʻz yakuniga yetdi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov qora donalardan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha bilan bellashib, uni magʻlubiyatga uchratishga erishdi.
Bir qaraganda duranga qarab ketayotgan partiyaning dastlabki steyknotida vaqt bosimi ostida har ikki shaxmatchining xato qilishga haqqi yoʻq edi. Lekin hindistonlik grossmeysterning 2 ta qoʻpol xatosidan unumli foydalan olgan hamyurtimiz vaqt qoʻshib berilgunga qadar juda katta ustunlikni olib yakunda raqibini vaqtdan oldin taslim qildi. Hamyurtimiz kechagi kunning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi!
Bilamiz, hamyurtimiz qora donalardan yaxshiroq performans koʻrsatadi va bu anʼana bugun ham davom etadigan boʻldi.
Endi 4-chi turdan musobaqaning favoridi deya takidlangan Fabiano va Javohir oʻrtasidagi bahs guvohiga aylanamiz.
Fikrlar