Norchaev mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 27.02.2022 18:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Nasaf" bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda "sherlar" 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. O‘yindan so‘ng qarshiliklar futbolchisi Husayn Norchaev o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Avvalombor, bu birinchi o‘yin. Bahs so‘nggida biroz toliqish asoratlari sezildi. Shuning uchun mag‘lub bo‘ldik, deb o‘ylayman. "Paxtakor" kuchli jamoa. Ular bilan o‘yindan so‘ng xatolarimizni ko‘rib oldik. Xudo xohlasa, keyingi o‘yinlarda yaxshi harakat qilamiz.

"Navbahor"ga qarshi uchrashuvda yaxshiroq o‘ynab, muxlislarimizni xursand qilish niyatimiz bor", - dedi Norchaev.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!