"Nottingem Forest" futbolchisiga narx belgiladi

  • 29.11.2025 14:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Nottingem Forest" futbolchisi Elliot Anderson qishda faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra,"o‘rmonchilar" Elliot uchun 114 million evrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Angliyalik xavbekning xizmatlaridan hozirda "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.

23 yoshli futbolchining ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 45 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Anderson joriy mavsum "Nottingem" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. Shu uchrashuvlarda u 1 ta gol va 1 golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!