Iliya Topuriyani osonlikcha yengish mumkinmi? Nurmagomedov javob berdi
PFL ning engil vazn toifasidagi chempioni Usmon Nurmagomedov 70 kg vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya haqida gapirdi.
"Topuriyani engish qiyin bo‘lmaydi. Chunki, Arman Tsarukyan buni qanday amalga oshirishni biladi. Hech qanday murakkab narsa yo‘q. Shuningdek, Iliya kurashni yoqtirmaydi. Biroq bu MMA. Agar siz Islom Maxachev bo‘lmasangiz, 70 kg dagi har qanday raqib sizni kurashda qiynay oladi", – dedi Nurmagomedov "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya oilaviy muammolar sabab yozgacha oktagonga qayta olmasligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar