Nurmagomedov yana Makgregorga hazil qildi (foto)
Rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov engil vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga ijtimoiy tarmoqlar orqali navbatdagi hazilini yo‘lladi.
Xabib o‘zining tvitter sahifasida joylagan suratida irlandiyalik sportchi go‘yoki u bilan Rossiyada uchrashishga qo‘rqqan va passportini yo‘qotganligi tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Edson Barboza bilan bo‘lgan jangdan so‘ng Nurmagomedov Konor Makgregor va Toni Fergyusson bilan urushishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi. U shuningdek, bu ikki sportchi bilan bir kunda jang qilishga ham tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
Fikrlar