"Nyukasl"ga Isak o‘rniga hamyonbop variant

  • 26.08.2025 18:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" Dushan Vlaxovichni sotib olish bo‘yicha taklif yubordi. 

Jurnalist Ben Jeykobsning Italiyadagi manbalarga tayangan holda xabar berishicha, "Yuventus" Vlaxovichni "Liverpul"ga o‘tishi kutilayotgan Aleksandr Isakka munosib nomzod deb biladi. 

Turin klubi serbiyalik hujumchini 30 million evrolik taklif kelib tushsa, sotishga tayyor. Sababi, "keksa senora" Jonatan Devid jamoaga kelganidan so‘ng Dushanning yuqori maoshini to‘lashni istamayapti. 

Ta’kidlanishicha, ayni damda "Nyukasl" bu transfer masalasida to‘liq bir qarorga kelmagan. Vlaxovichning o‘zi ham ingliz klubiga o‘tish yoki o‘tmasligi hozircha noma’lum. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!