O‘zbekiston Portugaliyaga gol urishini istayman va shunday ham bo‘ladi!
“Zenit” klubining sobiq futbolchisi Aleksey Gasilinning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Portugaliya darvozasini ishg‘ol etishga qodir.
Uchrashuv bugun, 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Ilk turda Portugaliya futbolchilari Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan edi (1:1). O‘zbekiston esa Kolumbiyaga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi (1:3).
— O‘zbeklar Portugaliyaga gol urishini juda ham istayman va ichki his-tuyg‘ularim ham ular to‘p kiritishini sezayapti.
Kolumbiyaga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida ularning himoyadagi harakatlari menga yoqdi — juda ishonchli, jips o‘ynashdi. Portugaliyaning yarim himoyasi dunyoda eng kuchlilardan. Lekin ularning murabbiyi yuqori darajada emas. Roberto Martines top-terma jamoalarni boshqarayotgan mutaxassislar orasida eng zaiflaridan biri, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
U jamoa o‘yinini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmagan. Bunday yarim himoyaga ega bo‘la turib, Portugaliya hozirgidek o‘ynayotgani — haqiqiy fojеa, — deya ta’kidladi Gasilin “Match TV”ga bergan intervyusida.

Fikrlar