
Obameyang pulni tanladi
“Arsenal”ning asosiy to‘purari Per-Emerik Obameyang faoliyatini londonliklar safida davom ettirishga rozilik berdi.
Bu hujumchiga “Barselona”, “Inter” va PSJga kabi grand klublar jiddiy qiziqayotgan edi. Avvaliga gabonlik hujumchining o‘zi milliy chempionatda va xalqaro maydonlarda sovrinlarni qo‘lga kiritishga qodir jamoalarda to‘p surish istagini bildirgan edi.
Biroq, “Arsenal” rahbariyati Obameyangga boshqa jamoalardan ko‘p maosh taklif qildi. Ayni paytda haftasiga 180 ming funt olayotgan futbolchi yangi shartnomani imzolasa maoshi 250 ming funtga ko‘tariladi. 31 yoshli hujumchi ana shu maosh uchun “Arsenal”da qoladigan bo‘ldi.
Endi tomonlar 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan bitimni imzolaydi. Obameyang “to‘pchilar” safida 2018 yildan buyon to‘p surmoqda.
Fikrlar