OChL-2020. Bugun "Paxtakor" guruhidagi Aziz G‘aniev jamoasi ham o‘yin o‘tkazadi

  • 14 sentabr, 2020, 12:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Osiyo Chempionlar ligasi qaytmoqda. Pandemiya sabab to‘xtatib qo‘yilgan turnir restart oladi.

G‘arb mintaqasidagi o‘yinlar Qatar poytaxti Dohada davom ettiriladi. Kun doirasidan "V" guruhidagi 4 uchrashuv o‘rin olgan.

Dastlab Aziz G‘aniev faoliyat yuritayotgan "Shabab Al-Ahli" turnir jadvalida yonma-yon borayotgan "Shahr Xodro" bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. Bu jamoalar ortda qolgan 2 ta turda birorta ham ochko jamg‘armagan.

Dohada "Paxtakor" uchun ajratilgan avtobusni ko‘rdingizmi? (Foto)

6361581349881

Legionerlarimiz. Aziz G‘aniev jamoasini "Paxtakor" va yana 2 raqibga qarshi muhim o‘yinlar kutmoqda. Chunki...

Shuningdek, saytimizda biroz avval xabar berilganidek, Shota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" ham musobaqa favoriti "Al-Hilol"ga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki jamoa hisobida 5 ochkodan mavjud.

"Paxtakor" bugun Sebastyan Jovinko, Bafetimbi Gomis va boshqa nomdor futbolchilarga qarshi o‘ynaydi yoxud "Al Hilol" safida yana kimlar bor?

EhuYPHtXsAA8q_P

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!